AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Hindiston Tashqi ishlar vaziri bilan muzokara o`tkazadi

'Shavkat Mirziyoev Hindiston Tashqi ishlar vaziri bilan muzokara o`tkazadi 'ning rasmi

2018 yil 4 avgust kuni Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj Toshkentga tashrif buyuradi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Hindiston delegasiyasining O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

Tashrif dasturidan shuningdek Hindiston TIV rahbarining O`zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Hukumati va Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati bilan uchrashuvlari va muzokaralari ham o`rin olgan bo`lib, mazkur tadbirlar davomida O`zbekiston – Hindiston hamkorligini yanada rivojlantirishning amaliy jihatlarini, shuningdek xalqaro kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qilish ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar