Taylandning shimolidagi hayvonot bog`ida timsoh hayvon o`rgatuvchining qo`lini sal qolsa tishlab uzib olay dedi, deya xabar berdi Life.ru nashri.
Hayvon o`rgatuvchi timsohning og`ziga qo`lini tiqadi. Shunda timsoh uning qo`lini mahkam tishlab oladi va bir necha soniya davomida qo`yib yubormaydi. Biroq hayvon o`rgatuvchi timoshning komidan qo`lini yulqib oladi. Kadrlarda qon tomchilarini ko`rish mumkin.






