1

Shavkat Mirziyoev telefon orqali Erdo`g`on bilan muloqot qildi

Siyosat 09.08.2018, 09:45
Shavkat Mirziyoev telefon orqali Erdo`g`on bilan muloqot qildi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 8 avgust kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O`zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Muloqotda davlat rahbarlari O`zbekiston va Turkiya o`rtasidagi do`stlik va strategik sheriklik munosabatlari yuqori sur`atlarda rivojlanib borayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etgan.

O`tgan yil oktyabr oyida O`zbekiston Prezidentining Turkiyaga va 2018 yil aprel oyi oxiri — may oyi boshida Turkiya prezidentining O`zbekistonga davlat tashriflari ikki tomonlama ko`p qirrali munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarib, aniq amaliy mazmun bilan boyitgani alohida ta`kidlangan.

«Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy siyosatning tomonlarni qiziqtirgan dolzarb masalalarini muhoqama qildilar, shuningdek, bo`lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini ko`rib chiqdilar», - deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Muloqot so`ngida davlat rahbarlari O`zbekiston va Turkiya o`rtasidagi do`stlik va strategik sheriklik munosabatlarini, keng ko`lamli hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash borasida intilishlari qat`iy ekanini yana bir bor tasdiqlagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1