1

Shavkat Mirziyoev: Toshkent shahri mahalliy byudjetida bu yil 1,5 trillion so`m mablag` qoldiriladi

Siyosat 10.08.2018, 17:38
Shavkat Mirziyoev: Toshkent shahri mahalliy byudjetida bu yil 1,5 trillion so`m mablag` qoldiriladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 10 avgust kuni Shayxontohur tumani iqtisodiyotini rivojlantirish, uy-joy-kommunal sohadagi muammolarni hal qilish bo`yicha yig`ilish o`tkazdi.

Mamlakatimizda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun respublika byudjetidan etarli mablag` ajratilmoqda. Prognozdan oshgan soliq tushumlari mahalliy byudjetlar ixtiyorida qoldirilib, ularni sarflash bo`yicha mahalliy hokimliklarga keng vakolatlar berilmoqda.

Masalan, joriy yilda Toshkent shahrida prognozga nisbatan 2 trillion so`mga ko`p soliq tushib, mahalliy byudjetda 1,5 trillion so`mi qolishi kutilmoqda. Bu 2017 yilga nisbatan 10 barobar ko`pdir.

«Toshkentga hech qachon buncha pul berilmagan. Biz nega 1,5 trillion so`mni shaharning o`zida qoldiryapmiz? To`planib qolgan muammolarni hal qilish uchun, odamlarning maishiy sharoitlarini yaxshilash, uy-joylar, bog`chalar qurish, ish o`rinlari yaratish uchun. Endi joylardagi rahbarlar ham o`zini qiynashi, sadoqat bilan ishlashi kerak. Chetdan kelib hech kim hech qachon qilib bermaydi» dedi Prezidentimiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1