1

Ikki davlat o`rtasidagi hamkorlikka oid qisqa ma`lumotlar

Siyosat 17.08.2018, 12:02
Ikki davlat o`rtasidagi hamkorlikka oid qisqa ma`lumotlar

17-18 avgust kunlari O`zbekiston Respublikasiga Tojikiston Respublikasi Prezidenti davlat tashrifi bilan kelgani haqida xabaringiz bor. Prezident matbuot xizmati tomonidan ikki davlat o`rtasidagi hamkorlikka oid qisqa ma`lumotlar taqdim etildi.

  • Ikki davlat rahbarlari bunga qadar 8 marta uchrashgan.
  • 2018 yil 9 martda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 18 yil davomida ilk bor Tojikistonda davlat tashrifi bilan bo`ldi.
  • Vizalarni bekor qilish, aviatashuvlarning tiklanishi hamda chegaralarning alohida uchastkalari bo`yicha kelishuvlarga erishildi.
  • O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va ijtimoiy-gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirish bo`yicha 2018-2019 yil uchun “Yo`l xaritasi” tasdiqlandi.
  • Savdo-iqtisodiy aloqalarning faollashuvi tufayli 2017 yilda O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 236,8 million dollarni tashkil qildi.Tomonlar ushbu ko`rsatkichni 1 milliard dollargacha etkazishni rejalashtirgan.
  • So`nggi yillarda bir necha savdo-iqtisodiy ko`rgazma-yarmarkalari tashkil etildi, uning doirasida ikki davlat tadbirkorlari bir necha million dollarlik shartnomalar tuzishdi.
  • Bugungi kunda ikki davlat o`rtasida 130 dan ortiq kelishuvlar imzolangan.
  • O`zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o`rtasida ikki tomonlama aloqalarni tartibga soluvchi asosiy hujjat – Abadiy do`stlik to`g`risidagi Shartnoma hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1