1

“Facebook” endi pulli bo`ladimi?

Hi-tech 22.09.2014, 14:34
“Facebook” endi pulli bo`ladimi?

21 sentyabr kuni bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Facebook asoschisi Mark Sukerberg ijtimoiy tarmoq pullik bo`lishi haqida ma`lum qildi, deb xabar beradi. “National Report”.

Nashrning yozishicha, tarmoq foydalanuvchilari 1 noyabr kunidan boshlab har oy 2.99 AQSh dollari miqdorida to`lovni amalga oshirishlari lozim.

Ammo, jahonning bir qator yirik OAVlari “National Report” nashrining xabariga ishonmaslikka chorlamoqda. Vesti.Ru nashrining xabarida yozilishicha, “National Report” – siyosiy satirik internet nashr bo`lib, uning xabarlari tahminiy yoki sohta bo`lgan holatlari ko`p kuzatilgan.

Nashrning shunday obro`siga qaramay, internet foydalanuvchilar orasida ushbu xabar katta shov-shuvga aylandi.

Hozircha kompaniya ushbu vaziyat yuzasidan hech qanday izoh bermadi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1