AsosiySport

Milliy terma jamoamizga FIFA avtobus sovg`a qildi

'Milliy terma jamoamizga FIFA avtobus sovg`a qildi'ning rasmi

O`zbekiston futbol assosiasiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, milliy terma jamoamizga FIFA tomonidan yangi avtobus sovg`a qilindi.

Xabarda aytilishicha, O`zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino bilan bir necha bor uchrashuv o`tkazib, uchrashuv chog`ida o`zbek futbolida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma`lumot bergan hamda yangi dastur va loyihalar bo`yicha kelishuvga erishgandi.

Jumladan, kelishuvga ko`ra, Janni Infantino O`zbekiston milliy terma jamoasi uchun FIFA tomonidan yangi avtobus sovg`a qilinishi haqida aytib o`tgandi.

2df3cfaf-5ae7-4892-9194-98259a387b72.jpg

Janni Infantino va`da qilgan yangi avtobus yurtimizga etib keldi.

Mercedes Travego M rusumidagi ushbu avtobus 46 o`rindiqli bo`lib, 483 ot kuchiga ega. Barcha qulayliklarga ega, zamonaviy vositalar bilan jihozlangan.

Shu paytga qadar O`zbekiston milliy terma jamoasi yig`in davomida hamda uchrashuvlarga borish uchun turli klublardan olingan avtobuslardan foydalanib kelgan. Endilikda terma jamoamizning o`z avtobusi bor. Ushbu avtobus milliy ramzlarimiz va O`FA logolari bilan bezatiladi hamda yig`in va uchrashuvlar davomida milliy terma jamoamiz futbolchilari uchun xizmatga shay bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar