1

Bosh vazir uchragan YTH bo`yicha rasmiy xabar berildi

Siyosat 20.08.2018, 23:13
Bosh vazir uchragan YTH bo`yicha rasmiy xabar berildi

Bugun, 20 avgust kuni soat 09:30 larda haydovchi (1987 y.t.) B.S. boshqaruvida bo`lgan “DAMAS” rusumli avtomashinasida Toshkent viloyati Bekobod tumani Zafar qo`rg`oni tomonidan Bekobod shahar tomoniga harakatlanib ketayotib, Qorasuv-Bo`ka-Bekobod avtomobil yo`lining 92 km.da boshqaruvni yo`qotib, qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketgan.

Oqibatda Bekobod shahridan Bekobod tumani Zafar qo`rg`oni tomon harakatlanib kelayotgan haydovchi (1952 y.t.) R.T.ning boshqaruvidagi “Mercedes-Venz” rusumli avtomashinaning chap yon tomoniga to`qnashib, yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

To`qnashuv oqibatida “Mercedes-Venz” rusumli avtomashina haydovchisi R.T. hamda uning ikki nafar yo`lovchisi — A.Sultonov (1968 y.t.) va U.Qurbonov (1975 y.t. ), shuningdek, “DAMAS” rusumli avtomashina haydovchisi B.S. va uning yo`lovchisi A.M. (1985 y.t.) jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, mazkur yo`l-transport hodisasi oqibatida “Mercedes-Venz” rusumli avtomashina yo`lovchisi O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov sog`lig`ining buzilishiga sababchi bo`lmagan engil tan jarohati olgan.

Hozirda ushbu yo`l-transport hodisasi oqibatida jarohat olganlarning barchasiga zarur tibbiy yordam ko`rsatilgan. Ularning sog`lig`i qoniqarli holatda bo`lib, hayoti va sog`lig`iga xavf soluvchi jarohatlar aniqlanmagan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda dastlabki tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1