1

Shavkat Mirziyoev Turkmanistonga boradi

Siyosat 22.08.2018, 20:47
Shavkat Mirziyoev Turkmanistonga boradi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 2018 yil 24 avgust kuni tashrif bilan Turkmanistonda bo`ladi va Orolni qutqarish xalqaro jamg`armasi (OQXJ) ta`sischi davlatlari rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etadi.

Turkmanboshi shahrida bo`lib o`tadigan OQXJ sammitida global iqlim o`zgarishi sharoitida Orol dengizi havzasining ekologik ahvolini yaxshilashda Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligining dolzarb masalalari ko`rib chiqiladi.

O`zA xabariga ko`ra, majlis yakuni bo`yicha Davlat rahbarlari kengashining qo`shma bayonoti qabul qilinishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1