1

Shavkat Mirziyoev Turkmanboshi shahriga keldi

Siyosat 24.08.2018, 09:48
Shavkat Mirziyoev Turkmanboshi shahriga keldi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 24 avgust kuni Turkmanboshi shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbarining veb-sayti xabar berdi.

Davlatimiz rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o`rinbosari E.Orazgeldiev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Prezidentimiz bugun Orolni qutqarish xalqaro jamg`armasi ta`sischi davlatlari rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etadi. Sammitda Orol dengizi havzasining ekologik ahvolini yaxshilashda Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligining dolzarb masalalari ko`rib chiqiladi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidenti bilan uchrashuv o`tkazadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1