Olimpiada va jahon chempionati sovrindori, bugungi kunda professional ringda faoliyatini davom ettirayotgan bokschimiz Murodjon Ahmadaliev bugun AQShda o`zining to`rtinchi jangini o`tkazdi, deb xabar berdi Olamsport nashri.
Hamyurtimiz ushbu bellashuvda chililik Ramon Kontrerasga qarshi jang qildi. Quvonarlisi, 10 raundga mo`ljallangan jangning birinchi raundidayoq hamyurtimiz raqibini nokautga uchratdi va jangni o`z foydasiga hal qildi.
Ushbu g`alaba orqali Murodjon WBA InterContinental kamari sohibiga aylandi.
Ma`lumot uchun, Ahmadaliev bugungisi bilan qo`shib hisoblaganda prof ringda to`rtta jang o`tkazib, ularning barchasida g`alaba qozondi. Janglarining ikkitasida esa u raqiblarini muddatidan oldin mag`lubiyatga uchratgan.






