1

AQShning O`zbekistonga tayinlanayotgan yangi elchisi yurtimizga qanday missiya bilan kelmoqchi?

Siyosat 25.08.2018, 08:50
AQShning O`zbekistonga tayinlanayotgan yangi elchisi yurtimizga qanday missiya bilan kelmoqchi?

Uzoq yillar davomida AQShning Markaziy Osiyoga nisbatan siyosatida muhim rol o`ynab kelgan Daniel Rozenblum yaqin orada Toshkentda yangi elchi sifatida ish boshlashi kutilmoqda. Bu haqda "Xalq so`zi" nashri xabar berdi.

23 avgust kuni u AQSh Senati qoshida so`zlab, o`z maqsadlarini tushuntirdi. Endi u Senat tasdig`idan o`tishi kerak.

“Butunlay suveren O`zbekiston kim bilan qanday hamkorlik qilishni erkin tanlay olishi Amerika manfaatlari uchun xizmat qiladi”, — dedi Rozenblum qonunchilar oldida so`zlar ekan.

Uning fikricha, erkinlik va qonun ustuvorligi O`zbekistonni yorqin kelajak tomon etaklovchi eng muhim omillardir.

Respublikada Prezident Shavkat Mirziyoev boshchiligida keng qamrovli islohotlar boshlangan. Ularning ijobiy natijalar berishi uchun AQSh o`z hissasini qo`shishi, O`zbekiston xalqini yaqindan quvvatlashi kerak, dedi diplomat.

Xo`sh, Rozenblum faoliyati davomida nimalarga alohida e`tibor qaratmoqchi? Bular quyidagilar:

1. Afg`onistonda tinchlikni ta`minlash, mintaqa xavfsizligini himoya qilish, xalqaro muammolarga qarshi kurashda faollik ko`rsatish.

2. O`zbekistonda islohotlar jadallashishi yo`lida harakat qilish. Hozirgiga qaraganda barcha jabhalarda ko`proq madad ko`rsatish.

3. AQSh xususiy sektorini jalb etib, investisiya qilish uchun zarur sharoit yaratilishida ko`maklashish.

4. Inson huquqlari va erkinlikni targ`ib qilish. Ijobiy o`zgarishlarni olqishlab, kamchilik va muammolarni konstruktiv tarzda tanqid qilib, tizim yaxshilanishiga hissa qo`shish.

5. Ikki xalqni yaqinlashtirish — turli almashinuv dasturlari, madaniy va ilmiy programmalar orqali yoshlarga imkoniyatlar yaratish, hamjihatlik va o`zaro hamkorlikni mustahkamlash.

Rozenblum 2014 yildan beri AQShning Markaziy Osiyoga nisbatan diplomatiyasiga bosh-qosh edi. Ungacha Davlat departamentida turli boshqa lavozimlarda ham mintaqa, xususan O`zbekiston bilan ishlagan.

Kasaba uyushmalari va mehnat huquqlari bo`yicha ham tajriba ega, chunki bu yo`nalishlarda ham xizmat qilgan.

Rozenblum AQShning nufuzli El va Jons Xopkins universitetlarini bitirgan. Ogayo shtatidan ziyoli oilasidan chiqqan. Oilali, ikki farzandi bor.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1