O`zbekistonlik tibbiyot mutaxassislari oyoq kaftining bosh barmog`i qiyshayishini davolashning yangi usulini ixtiro qilishdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi rasmiy sayti xabar beradi.
Katta yoshdagi insonlarning 25 foizida oyoq kaftining bosh barmog`ining qiyshayishi kasalligi uchraydi. Kasallik tug`ma yoki orttirilgan bo`lishi mumkin. Kasallik to`qimalarning bog`lanishida irsiyat yoki tizimli bilan bog`liq etishmovchilik oqibatida kelib chiqadi. Homiladorlik, yassitovonlik, oyoq kafti va boldirdagi jarohatlar, tor va noqulay, shuningdek baland poshnali oyoq kiyimini uzoq muddat kiyish kabi ko`plab omillar kasallikning kelib chiqishiga zamin yaratadi.
Mazkur ixtiro travmotologiya va ortopediya rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu yangi usul mualliflari bo`lmish Saodat Asilova va Kamoliddin Gadoevlarning ixtirosiga IAP 04921 raqami bilan davlat panenti berildi.