1

Yaponiyalik suzuvchi kamera o`g`irlagani uchun Osiyo o`yinlaridan chetlatildi

Sport 27.09.2014, 12:29
Yaponiyalik suzuvchi kamera o`g`irlagani uchun Osiyo o`yinlaridan chetlatildi

Yaponiya olimpiya qo`mitasi suzuvchi Naoyya Tomitani fotojurnalistning kamerasini o`g`irlagani uchun terma jamoa delegasiyasidan chetlatdi.  Bu haqda SBS telekanali xabar beradi.

25 yoshli sportchi polisiya tomonidan so`roq qilindi va qilgan ishi uchun kechirim so`radi. Ammo, Yaponiya olimpiya qo`mitasi sportchining harakatini juda ham jiddiy qoidabuzarlik deb hisobladi.

“Yaponiya olimpiya qo`mitasi Naoyi Tomitani delegasiyadan chetlanib, uning harakatlarini qonunga zid ekanligini tan oladi”,-deyiladi qo`mita xabarida.

Xabarda qayd etilishicha, Tomita 2010 yili Jahon chempionati hamda Osiyo o`yinlarida 200 metr va qisqa masofaga suzish bo`yicha chempionlikni qo`lga kiritgan.   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1