O`zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma etti yilligi munosabati bilan fan, ta`lim, sog`liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san`at, ma`naviyat va ma`rifat hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to`g`risidagi Prezident farmoni imzolandi.
Xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyati va ma`naviyatini yuksaltirish, ta`lim, madaniyat, adabiyot, san`at, sog`liqni saqlash sohalarini rivojlantirishdagi xizmatlari, Vatanimiz mustaqilligini, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash ishiga qo`shgan munosib hissasi hamda jamoatchilik ishlaridagi ko`p yillik samarali ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:
"Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan
Abdullaeva Nasiba Melikovna - "O`zbekkonsert" davlat muassasasi xonandasi
Ahmedov Yoqub - O`zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
Baymuradov Elmurod Dilmurodovich - Shahrisabz shahridagi "Baxtli bolalik" namunali bolalar maqomchilar ansamblining badiiy rahbari, Qashqadaryo viloyati
Jo`raev Sherali - "O`zbekkonsert" davlat muassasasi xonandasi
Zakirov Farrux Karimovich - "Yalla" ansambli badiiy rahbari
Otajonov Ortiq - O`zbekiston xalq artisti
Sagdiev Yodgar Xabibovich - O`zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
Usmonova Yulduz Ibragimovna - "O`zbekkonsert" davlat muassasasi xonandasi