1

Nafas yo`llari saratoniga qarshi dori vositasi sinab ko`rildi

Salomatlik 29.09.2014, 11:39
Nafas yo`llari saratoniga qarshi dori vositasi sinab ko`rildi

AQShning Pfizer’s farmasevtika kompaniyasi tomonidan Xalkori – nafas yo`llari saratoniga qarshi dori vositasi ishlab chiqildi va u o`zining ilk ijobiy natijalarini bera boshladi, deya xabar beradi Day.Az nashri.

Dori vositasini tajribadan o`tkazishda 50 kishi ishtirok etdi. Bemorlarning deyarli hammasida saraton o`simtasi o`sishdan to`xtadi, 72 foiz bemorlarda esa o`simta kichraydi.

Davolash kursi 22 dan 32 haftadaga bo`lgan muddatni o`z ichiga oladi. Aytish lozimki ushbu yangi dori vositasining narxi juda baland. Bir oylik davolanish uchun bemor 9 600 AQSh dollari miqdoridagi mablag`ni sarf etishiga to`g`ri keladi. 

Shunday bo`lsa-da, davosiz sanalgan ushbu kasallikni davolashda yaratilgan ushbu dori vositasini mo`jiza deyish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1