1

Prezident Bekobod shahridagi ko`p qavatli uylarni ko`zdan kechirdi

Siyosat 29.08.2018, 15:08
Prezident Bekobod shahridagi ko`p qavatli uylarni ko`zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoev Bekobod shahridagi «Mustaqillikning 27 yilligi» massivida barpo etilayotgan ko`p qavatli uylarni ko`zdan kechirdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Bekobodda 90 mingdan ziyod aholi yashaydi. Aholining uy-joyga bo`lgan ehtiyojini ta`minlash maqsadida shaharda beshta etti qavatli uy qurib bitkazilmoqda.

Davlatimiz rahbari taklifi bilan "Mustaqillikning 27 yilligi massivi" deb nomlangan mazkur yangi mavzeda odamlar uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Uylarni qurishda eng zamonaviy materiallardan foydalanilmoqda, xonadonlarga energiya tejamkor isitish qozonlari o`rnatilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1