1

Shavkat Mirziyoev 3 sentyabr kuni Qirg`izistonga boradi

Siyosat 02.09.2018, 14:37
Shavkat Mirziyoev 3 sentyabr kuni Qirg`izistonga boradi

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Qirg`izistonga tashrif uyushtiradi, deb xabar qildi Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati.

"O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekovning taklifiga binoan 2018 yil 3 sentyabr kuni tashrif bilan Qirg`izistonga boradi", - deyiladi xabarda.

Ta`kidlanishicha, O`zbekiston rahbari Cho`lpon-ota shahrida bo`lib o`tadigan Turkiyzabon davlatlar hamkorligi kengashining sammitida ishtirok etadi.

Eslatib o`tamiz, 3 sentyabr kuni Issiq-ko`l viloyatining Cho`lpon-ota shahrida Turkiyzabon davlatlar kengashining VI sammiti bo`lib o`tadi.

Sammitda Qirg`iziston rahbari Sooronbay Jeenbekov, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev, Qozog`iston prezidenti Nursulton Nazarboev, Turkiya etakchisi Rajab Toyiib Erdo`g`on ishtirok etishlari kutilmoqda.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov va O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev, shuningdek, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ushbu yig`ilishda faxriy mehmonlar sifatida qatnashadilar.

Ma`lumot uchun: Turkiyzabon davlatlar kengashi - zamonaviy turkiy tilli davlatlarni birlashtirib turuvchi xalqaro tashkilot hisoblanadi. Bosh maqsadi - a`zo-davlatlar o`rtasida ko`ptomonlama hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. Turkiy kengash 2009-yil oktyabr oyida Ozarbayjonning Naxchivan shahrida tashkil topgan. Tuzilma tarkibiga Ozarbayjon, Turkiya, Qozog`iston, Qirg`iziston kiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1