AsosiyDunyo

Ebola: G`arbiy Afrika davlatlari yordam so`ramoqda

Serra Leone hamda Liberiya tashqi ishlar vazirlari Halqaro jamiyatni Ebola virusi bilan kurashda yordam berishlarini so`radi. Bu haqda ru.euronews.com nashri xabar beradi.

G`arbiy Afrika mamlakatlarida Ebola virusi bilan qariyb 3000 kishi kasallangan. Ularning ta`kidlashicha, Ebola virusiga qarshi kurash juda sust, tizimsiz va etarli bo`lmagan miqdorda olib borilmoqda.

BMT Bosh Assambleyasi qatnashchilariga Nyu-Yorkdan turib murojaat qilar ekan, Liberiyaning tashqi siyosat mahkamasi rahbari Avgustin Ngafuan shunday deydi:

“Ebola bizni boshi berk ko`chaga olib kirib qo`ydi. Barchamiz birlashib unga qarshi kurashsakda, u odamlar orasida tarqalishda davom etmoqda. U yuzlab bolalarni ota-onalaridan judo qilish barobarida, ularning qalbida o`chmas og`riqli iz qoldirmoqda. Lofa grafligida istiqomat qilgan 12 nafar kishidan iborat bo`lgan oilada qolgan yagona tirik bolakay buning yaqqol isboti bo`la oladi. Ayni damda 6,5 kishi Ebola bilan kasallangan. Ularning deyarli yarmi vafot etgan. Virus bilan kasallangan har 10 kishining 7 nafari olamdan o`tmoqda. Shu vaqtgacha ushbu daxshatli virusga qarshi rasmiy vaksina yoki biror dori vositasi ishlab chiqilgani yo`q. Biz G`arbiy Afrika davlatlari va ushbu mamlakatlarda istiqomat qiluvchi aholining hayoti havf ostida o`tayotganidan cho`chiyapmiz, bizga yordam kerak...”

Eslatib o`tamiz, Ebola 1976 yil paydo bo`lgan va hozirgacha umumiy hisobda virusning 24 marotaba tarqalishi qayd etilgan. Hozirgi kungacha virusga qarshi vaksina ham, dori ham yo`q. So`nggi bor Ebola virusi 2014 yil boshida G`arbiy Afrikada tarqalishni boshladi.

Avgust oyida Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti Ebola virusining tarqalishi xalqaro ahamiyatdagi xavf ekanligini e`lon qilgan.

    Boshqa yangiliklar