AsosiyDunyo

Yuz qismi transplantasiya qilingan Amerikalik o`z muhabbatini topdi

1997 yili AQShlik Richard Norris o`z joniga qasd qilish maqsadida o`ziga ov miltig`idan o`q uzadi. O`qlar uning yuz qismining yarmini yo`q qilib yuboradi, biroq Richard tirik qoladi. Uning hayoti shifokorlar tomonidan saqlab qolinadi. Ikki yil oldin Richardga yangi “yuz”, boshqa jag`, tishlar, lablar, burun va til ko`chirib o`tkazildi. Mashaqqali va og`ir yo`lni bosib o`tgan Richard ana shu jarrohlik amaliyotidan so`ng yangi hayot boshladi.

Day.Az nashrining xabar berishicha, 39 yoshli Richard Norris ayni damda 43 yoshli Melani Solis bilan turmush qurish istagida. Ma`lumotlarga ko`ra, Melani Solisning o`zi Richardni topgan. Uniing boshidan o`tgan voqealar va murakkab jarrohlik amaliyoti haqidagi hikoyani o`qib chiqqan va Richardning internetdagi pochtasiga u bilan yaqindan tanishish istagida maktub yozgan.

“Men Richardning tashqi ko`rinishini emas, uning ichki dunyosini qadrlayman. Uni birinchi bor ko`rishimdayoq yaxshi inson ekanini anglaganman” - deydi Melani internet nashrlariga bergan intervyusida. Ayni damda ular yordamga muxtoj kishilarga yordam berish istagida turli loyihalarni amalga oshirish ustida bosh qotirishmoqda. 

    Boshqa yangiliklar