Rossiya Federeasiyasi poytaxti Moskva shahrida «Russian Open» G-1 xalqaro musobaqasi o`tkazilmoqda. Unda o`zbekistonlik taekvondochilar ham ishtirok etishmoqda, deb xabar bermoqda MOQ.
Bellashuvlarda terma jamoamiz quyidagi tarkibda qatnashmoqda:
-55kg: Faridun Shodiboev
-52kg: Umida Hasanova
-78kg: Abdulaziz Mahmudov
-63kg: Abdulaziz Hamidullaev
-63kg: Abdullajon Shomurodov
+78kg: Ibrohim Turg`unov
Kattalar o`rtasidagi bahslarda esa Ibrohim Ahmadov, Abdulaziz G`aniev va Diyorbek Mo`ydinov yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Hozircha -63 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilarimiz Abdullajon Shomurodov va Abdulaziz Hamidullaevlar bronza medallariga sazovor bo`lishdi. Musobaqa davom etmoqda.







