Gavayi orollarida Ebola virusi belgilari kuzatilgan erkak kishi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Day.Az nashri xabar beradi. Ushbu ma`lumotni shtat sog`liqni saqlash departamenti vakili Jenis Okubo tasdiqlagan.
Ma`lumotlarga ko`ra, bemor Gonoluludagi kasalxonada alohida palataga joylashtirilgan. Bemor Ebola virusiga shubha qilinganligi sababli, una ushbu kasallikning borligini aniqlash maqsadida mahsus tibbiy tahlillar olinadi.