AsosiyDunyo

NBC telekompaniyasi operatori Ebola bilan kasallandi

AQShning NBC telekompaniyasi operatori tasvirga olish ishlarini amalga oshirish davomida Ebola virusini yuqtirib olgani ma`lum bo`ldi, deya xabar beradi itar-tass.com nashri.

Telekompaniya vakillarining fikrlariga qaraganda, AQSh fuqarosi sifatida operator o`z mamlakatiga davolanish uchun yuboriladi. Kasallik belgilari 1 oktyabrda yuzaga chiqa boshlagan operatorning ismi sharifi oshkor qilinmayapti.

“Biz hamkasbimizning tez orada tuzalib ketishi uchun qo`limizdan kelgan barcha yordamni beramiz. U safimizga qaytadi va yana turli qiziqarli lavhalar bilan efirlarimizni boyitadi, degan umiddaman” deydi NBC telekompaniyasi prezidenti Debra Terness.

 

    Boshqa yangiliklar