Gollivudning mashhur kinoaktyori Byort Reynolds 82 yoshida vafot etdi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
U 1970-80-yillarda o`z davrining eng yaxshi erkak aktyori sanalgan. Byort Reynolds yuzlab film va teleseriallarda turli rollarni ijro etib, millionlab muxlislar e`tirofiga sazovor bo`lgan. U nufuzli Emmi va Oltin globus mukofotlari sovrindori hisoblanadi. Bu Gollivud uchun katta yo`qotishdir.






