1

Munisa va Manzura kliplarida kamchilik topildi

Madaniyat 09.09.2018, 16:28
Munisa va Manzura kliplarida kamchilik topildi

«O`zbekkonsert» qoshidagi qo`shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy Kengashining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Kengashda 18 nafar xonandalar tomonidan taqdim etilgan videokliplar ko`rib chiqib, bir qancha kamchiliklar topgan.

Milena Xalilova, Kaniza, Otabek Muhammadzohid, Munisa Rizaeva, Alijon Isoqov, Shaxribonu Axtamova, Javlon Olimov, Poytaxt guruhi, Sanjar Usmonov Zafar Qurbonboev, hamda xonanda Bexruz Toxirov qo`shiqlariga tasvirga olingan videokliplarga Kengash a`zolari tomonidan bildirilgan ba`zi juz`iy kamchiliklarni bartaraf etish xonandalarning o`zlariga va klipmeykerlariga tushuntirilib, ba`zi kadrlardan voz kechish, to`g`rilash sharti bilan istisno tariqasida ruxsat berildi.

Manzura Yuldasheva ijro etgan «Adashdim» qo`shig`ining klipdagi ayrim tasvirlarni to`g`rilash kerakligi tushuntirilib, ushbu klipni efirga uzatish rad etildi. Ammo kamchiliklarni bartaraf etgandan so`ng qayta topshirish mumkinligi ma`lum qilindi.

Xonanda Baxriddin Zuxriddinov ijro etgan «Dilozorim» qo`shig`iga ishlangan videoklip mazmuni bilan qo`shiq mazmunida uyg`unlik yo`qligi, klipdagi oxirgi qismidagi dialoglar qo`shiqqa mos emasligi ta`kidlanib, rad etildi. Ko`rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etilganidan so`ng, Kengashga qayta taqdim etilishi ta`kidlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1