1

Italiyalik xonanda Buxoroda klip oldi (video)

Madaniyat 11.09.2018, 16:11
Teglar: Video
Italiyalik xonanda Buxoroda klip oldi (video)

Turizm sohasida ham O`zbekistonning bir-biridan go`zal viloyatlarini bor jozibasi bilan xorij auditoriyasiga taqdim etishda ham yangicha yo`nalishlarni izlashga to`g`ri kelmoqda. Aynan shuning uchun ham “Ko`k choy” vokal cholg`u ansambli Italiyalik xonanda Daniel Pistolozzi bilan hamkorlikda “Muhabbat ila Buxoro” (Bukhara with love) nomli qo`shiq ishlab, unga Buxoroda klip ishladilar.

Qo`shiq ikki rus va italyan tillarida kuylangan bo`lib, klipda Buxoro o`zgacha joziba bilan namoyon qilinadi. Klip “O`zbekturizm”, “O`zbekiston temir yo`llari” homiyligida To`dako`l ko`lida suratga olingan.

Klip Fransiya va Italiya davlatlarida 100 kishilik auditoriyaga namoyish etildi. Klip tomoshasidan so`ng 80 nafar kishi Buxoroga sayohat qilishga katta qiziqish bildirgan, 60 kishi esa er yuzida shunday go`zal tabiatli shahar borligini endi bilganini aytgan.

“Bugungi kunda reklamalar bilan odamlarni jalb etish urfdan qoldi. Hozirda yoshlarni O`zbekistonga sayohat qilishga jalb etish uchun “Yutub“ga videolar joylash va ularning sevimli xonandalari kliplaridan foydalanish kerak. Biz suratga olgan klip aynan yoshlarbop va uni qo`l telefoni orqali ham osongina tomosha qilish va bo`lishish mumkin. Yana biz klipda Buxoroni odamlarga his qilish darajasida etkaza oldik deb o`ylayman. Undan Buxoroning sirliligi va ertaknamo go`zalligi bor-budi bilan namoyon bo`ladi”, deydi klip rejissyori Jasur Shametov.


Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1