1

Abdulaziz Komilov Hindiston tashqi ishlar davlat vazirini qabul qildi

Siyosat 17.09.2018, 09:56
Abdulaziz Komilov Hindiston tashqi ishlar davlat vazirini qabul qildi

O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O`zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Hindiston tashqi ishlar davlat vaziri Mobashar Javad Akbarni 16 sentyabr kuni qabul qildi. Bu haqda O`zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Hindistonga bo`lajak tashrifi va Hindiston rahbariyati bilan bo`ladigan muzokaralariga tayyorgarlik ko`rish jarayoni uchrashuv kun tartibining asosiy masalasi bo`ldi.

Hozirgi vaqtda ikki mamlakatda ham oliy darajadagi O`zbekiston—Hindiston uchrashuvining mazmuniy qismi ustida birgalikda ishlar olib borilayotgani qayd etildi. Siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohada qator muhim tadbirlar o`tkazilmoqda.

Shu o`rinda 13—14 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo`lib o`tgan «Hindiston — Markaziy Osiyo» muloqotining 5-majlisida ishtirok etgan Mobashar Javad Akbar ta`kidlashicha, ikki tomonlama munosabatlar uchun juda muhim hodisa arafasida shu kabi tadbirlarning o`tkazilishi katta ahamiyat kasb etadi.

Avgust oyida bo`lib o`tgan Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo`yicha hukumatlararo komissiyaning 11-majlisida ikki tomon uchun ham manfaatli bir qator istiqbolli qo`shma loyihalarni amalga oshirish bo`yicha aniq kelishuvlarga erishildi.

Bir necha kun ilgari Hindistonda O`zbekiston madaniyati kunlari muvaffaqiyatli o`tkazildi. Nyu-Dehli shahrida bo`lib o`tadigan «O`zbekistonda ishlab chiqarilgan» milliy mahsulotlar ko`rgazmasi va qo`shma biznes-forumga tayyorgarlik ko`rilmoqda.

Suhbat davomida xalqaro va mintaqaviy siyosatning ba`zi masalalari yuzasidan ham fikr almashildi. Uchrashuvda Hindiston elchisi Vinod Kumar ham ishtirok etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1