«Super kelinchak» filmi orqali mashhurlikka erishgan aktrisa Diana Yagofarova katta tanaffusdan so`ng 14 sentyabrda «Yoshlar ijod» saroyida rejissyor Rustam Melievning «Maqsad» filmi katta premerasida ko`rinish berdi. Bu haqda "Kunutun" nashri xabar berdi.
Aktrisa film premerasiga turmush o`rtog`i bilan tashrif buyurdi.
Diana Yagofarova o`zbek tomoshabiniga «Zirapcha», «Tashlandiq», «Ichkuyov» filmlari tanish. Unga rejissyor Baxrom Yoqubovning «Super kelinchak» filmidagi roli katta mashhurlik keltirgan. Ayni damda aktrisa ikki farzand onasi.