AQShning Shimoliy Karolina shtatiga yopirilgan Florensiya dovuli yana 17 kishini hayotiga zomin bo`ldi, deya xabar berdi Segodnya.ua nashri.
Eng so`nggi xabarlarga ko`ra, 400 mingdan ortiq kishi hamon elektr energiyasisiz qolmoqda. Endilikda hukumat oldida yangi muammo paydo bo`lmoqda. Ya`ni toza ichimlik suvini saqlab qolish. Sababi toshqinlar tufayli zaxira suv omborlari ham zarar ko`rmoqda. Bu esa suvning ifloslanishiga va yuqumli kasalliklarning tarqalishiga olib kelishi mumkin.






