AsosiyDunyo

Qrimda havoning kimyoviy ifloslanishi kuzatildi

'Qrimda havoning kimyoviy ifloslanishi kuzatildi'ning rasmi

Qrimning Armyansk shahrida bundan bir necha kun avval havoning kimyoviy ifloslanish holati ro`y bergan edi, deb xabar berdi TASS nashri.

Zaharli havo hamon insonlar salomatligiga xavf solmoqda.Tozalash ishlari uzluksiz olib borilayotganiga qaramay, hamon kimyoviy ifloslanish alomatlari mavjud. Odamlar o`tkir hid va atrofdagi rangsiz yopishqoq moddadan shikoyat qilishmoqda. Shahar ko`chalari maxsus suv bilan yuvilmoqda va maxsus xodimlar muammoga qarshi kurashishmoqda.

Eslatib o`tamiz, Armyansk shahrida kimyoviy zavoddagi portlash oqibatida havoga zaharli moddalar tarqalgan edi.Portlash sabablariga esa haligacha oydinlik kiritilmagan. “Haligacha voqea sabablari aniqlanmaganidan hayronman. Menimcha, bu kimyoviy razvedka. Sababi ushbu zavodda bu kabi kimyoviy moddalar ishlatilmasligini yaxshi bilaman”, dedi shaharda yashovchi fuqarolardan biri.

    Boshqa yangiliklar