AsosiyDunyo

AQSh va Xitoy o`rtasidagi iqtisodiy mojarolar salbiy oqibatlarga olib kelmoqda

'AQSh va Xitoy o`rtasidagi iqtisodiy mojarolar salbiy oqibatlarga olib kelmoqda'ning rasmi

AQSh va Xitoy o`rtasida davom etayotgan iqtisodiy mojarolar Amerikaning velosiped ishlab chiqaruvchi BCA Bikes kompaniyasiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Sababi qo`shma shtatlar bozoriga chiqadigan velosiped ehtiyot qismlarining 40 foizdan ortig`i Xitoydan import qilinadi. Korolinada joylashgan BCA Bikes kompaniyasi har yili 400 mingdan ortiq mahsulot ishlab chiqaradi. Biroq vaziyat o`zgarganligi tufayli bu ko`rsatkich keskin tushib bormoqda.

Kompaniya rahbari Arnold Kamler esa ushbu holatdan tashvishda ekanligini bildirib, shunday dedi: “Biz Tramp ma`muriyatining o`zboshimchalik bilan Xitoy tovarlariga bojni oshirib qo`yganidan hayronmiz. Bundan biz kabi kompaniyalarning biznesi katta xavf ostida qolmoqda”.

    Boshqa yangiliklar