Ispaniyalik golf ustasi Selia Barkuin Arozamena AQShning Ayova shtatidagi golf maydonidan o`lik holda topildi, deb xabar berdi TASS nashri.
U Amerikada bo`lib o`tayotgan musobaqada ayollar jamoasi nomidan ishtirok etayotgan edi. 22 yoshli sportchining o`limi qotillik sifatida qayd etilgan. Biroq voqeaning to`liq tafsilotlariga aniqlik kiritilmagan.






