AsosiyShou-biznes

Jonli ijroda kuylamoqchimisiz? Ochiq maydonga marhamat!

'Jonli ijroda kuylamoqchimisiz? Ochiq maydonga marhamat!'ning rasmi

“O`zbekkonsert” davlat muassasasi tashabbusi bilan joriy yilning 29 sentyabr kuni poytaxtda joylashgan “Xalqlar Do`stligi” san`at saroyi yonidagi bayroq ostida jonli ijroda gala konsert dasturi bo`lib o`tadi.


Ushbu konsert dasturi xalq sayli tarzida o`tkaziladi.

Odil Abduqahhorov, “O`zbekkonsert” davlat muassasasi rahbari: — Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan, jonli ijro etishni yaxshi ko`radigan, san`atsevar o`zbek xalqiga o`z qo`shiqlarini taqdim etishni istagan barcha xonandalar ushbu konsert dasturida ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun muassasaga kelib uchrashishlari kerak bo`ladi. Ayni damda unda yoshlar qo`shiqlarini sevib tinglaydigan 10 nafar estarada xonandasi ishtirok etish istagini bildirdi.

Ma`lumot o`rnida, Ushbu konsert dasturi 29 sentyabr kuni, soat 19:00 da bo`lib o`tadi. Uni tomosha qilish bepul.

Boshqa yangiliklar