AsosiyDunyo

Falastinda norozilik namoyishlari o`tkazilmoqda

'Falastinda norozilik namoyishlari o`tkazilmoqda'ning rasmi

BMTning falastinlik qochoqlarga yordam beruvchi Yaqin Sharqdagi agentligi (UNRWA) xodimlari Falastinda norozilik namoyishlari o`tkazishmoqda, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Bunga sabab esa ushbu agentlik o`z faoliyatini to`xtatishini ma`lum qilgan. Bu esa unda faoliyat yuritayotgan xodimlarni tashvishga solmoqda. Hozirda Falastinda 13 ming kishi namoyish ishtirokchisiga aylangan. BMT avvalroqG`azo sektoridagi ishchi o`rinlarini qisqartirishni xabar qilgan edi. “Biz shu kunga qadar o`z vazifamizni yaxshi bajarib keldik. Agar agentlik o`z faoliyatini to`xtatsa, bu qochoqlar uchun falokat bo`ladi. Sababi biz ularga katta yordam ko`rsatayotgandik” dedi namoyish ishtirokchilaridan biri.

    Boshqa yangiliklar