Niderlandiyaning Oss shaxrida yuk tashuvchi velosiped poezd yo`lidan o`tayotgan vaqtida halokatga uchradi, deb xabar berdi TASS nashri.
Buning oqibatida esa 4 nafar bola halok bo`lgan va yana 2 nafari og`ir tan jarohati olib, kasalxonaga olib ketildi. Manbaning xabar berishicha, halokatga uchragan velosipedga yuk tashishga mo`ljallangan maxsus qism o`rnatilgan. Egasi esa undan noqonuniy tarzda bolalarni maktabga olib boruvchi transport vositasi sifatida foydalanib kelgan.






