AsosiyDunyo

Instagram asoschilari kompaniyani tark etmoqda

'Instagram asoschilari kompaniyani tark etmoqda'ning rasmi

Kevin Sistrom va Mayk Kriger bundan 8 yil avval AQShning San-Fransisko shtatida hozirda milliard foydalanuvchisi bo`lgan Instagram ijtimoiy tarmog`iga asos solishgan edi. Ushbu ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarni shu darajada o`ziga rom etdiki, qisqa vaqt ichida millionlab abonentlarga ega bo`ldi.

Ammo hozirda Kevin Va Mayk kompaniyani tark etishga qaror qilgan.

Sistrom dushanba kuni bloggerlarga bergan intervyusida shunday dedi: "Biz yangi narsalar yaratishimiz kerak, kompaniyada ishlab ko`p vaqtimiz faqatgina Instagramga sarf bo`lmoqda. Ammo biz kelajak uchun hali ko`plab kashfiyotlar qilishimiz lozim”.

Facebook kompaniyasi rahbari Mark Sukerberg Sistrom va Krigerni tariflar ekan «ular g`ayriodatiy insonlar» dedi. Shuningdek, «men ulardan keyingi ajoyib kashfiyotlarini intizorlik bilan kutib qolaman» deya qo`shimcha qilgan Mark Sukerberg.

Ma`lumot uchun: 2012 yil Facebook kompaniyasi Instagram ijtimoiy tarmog`ini sotib olgan edi.

    Boshqa yangiliklar