Portugaliyalik arxeologlar Lissabondagi Kashkaysh qirg`oqlari yaqinidan qadimiy savdo kemasi qoldiqlarini topishdi, deb xabar berdi Vesti nashri.
Ushbu kema 1575–1625 yillar oralig`ida ziravorlar va shu kabi mahsulotlar tashishda foydalanilgan. Lissabon universiteti olimlari ushbu topilmani "O`n yillikning eng zo`r kashfiyoti"sifatida baholashmoqda. Kema bortidagi barcha yuk bilan suv ostiga g`arq bo`lgan. Kema qoldiqlari bilan birga o`sha davrda muomalada bo`lgan bronza tangalar ham topildi.






