O`tgan haftada Eronning Axvaz shahriga harbiy paradda sodir etilgan teroristik hujumga aloqadorlikda gumon qilinib, 22 kishi qo`lga olindi, Lenta.ru nashri.
Terrorchi guruhga tegishli uydan qurol-aslahalar, eksklyuziv materiallar va qo`lbola portlovchi moddalar topilgan. Qo`lga olinganlarning shaxsi haqida hech qanday ma`lumotlar yo`q. Ayni damda tergov ishlari boshlangan. Eslatib o`tamiz, 22 sentyabr kuni harbiy parad chog`ida Eronlik rasmiylar to`plangan maydon o`qqa tutilgan edi.






