1

Amerikalik olimlar insulin ishlab chiqaruvchi hujayralarni etishtirdi

Salomatlik 13.10.2014, 12:51
Amerikalik olimlar insulin ishlab chiqaruvchi hujayralarni etishtirdi

Garvard universiteti olimlari tomonidan o`tkazilgan tadqiqot qandli diabetning 1-turi bilan og`rigan bemorlarni har kuni insulinni ineksiya qilishdan ozod etishi taxmin qilinmoqda. Qonda qandni zarur miqdorda ushlab turadigan gormon — insulin ishlab chiqaruvchi hujayralarni etishtirish imkoni paydo bo`ldi. Olimlar hatto ko`chirib o`tkazish uchun zarur bo`lgan millionga yaqin hujayra etishtirishga muvaffaq bo`ldi. Bu haqda Uzbekistan Today axborot agentligi xabar bermoqda.

Amerikalik professor Dag Melton 20 yildan ko`proq umrini qandli diabet uchun dori qidirishga sarfladi. Mazkur kasallik bilan uning o`g`li Sem ham og`rigan. Hozirda tadqiqot deyarli o`z nihoyasiga etgan. «Biz sinovlarni yakunlashdan bir qadam ortda turibmiz», — dedi professor.

Insulin ishlab chiqaruvchi hujayralarni yaratishda embrion tana hujayralaridan foydalaniladi. Shuning uchun ham yangi hujayralar avvalgilariga o`xshash bo`lib, yaxshi ishlaydi.

Ayni damda tadqiqot hayvonlarda o`tkazilmoqda. Ularning organizmida hujayralar ko`chirib o`tkazilganidan boshlab bir necha oy davomida insulin ishlab chiqariladi. Tadqiqotchilarning ma`lum qilishicha, ular sichqonlardagi diabetni 10 kun ichida davolashga muvaffaq bo`lgan. Biologlar yaqin yillarda odamlarni ham mazkur kasallikdan forig` qilishga umid bog`lamoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1