AsosiySport

Shaxmat. FIDE Gran-Pri turniri

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o`tkazilayotgan FIDE Gran-Prisida bugun 10-tur uchrashuvlari o`tkaziladi. Ushbu turda hamyurtimiz Rustam Qosimjonov oq donalarda rossiyalik Aleksandr Grishuk bilan bahs yuritadi
Kecha bo`lib o`tgan 9-turda hamyurtimiz AQSh vakili Xikaru Nakamuradan mag`lubiyatga uchradi. O`ninchi tur oldidan Rustam Qosimjonov hisobida 4,5 ochko mavjud va u 12 nafar shaxmatchi orasida 7-o`rinni egallab turibdi. 
Turnir jadvalida esa bir yo`la olti nafar grossmeysterlar bir xil 5 tadan ochko jamg`argan holda peshqadamlik qilishmoqda.

    Boshqa yangiliklar