AQShning Nyu-York shahrida bo`lib o`tayotgan BMT bosh assambleyasi chog`ida prezidenti Donald Tramp Eron o`z siyosatini o`zgartirgudek bo`lsa, mamlakat rahbariyati bilan uchrashishga rozi bo`lishini ma`lum qilgan, deya xabar bermoqda Lenta.ru nashri.
“Menimcha, ularda boshqa tanlov yo`q. Biz Eron bilan yaxshi munosabatlar o`rnatishni istaymiz, ammo bu hozir ro`y bermaydi”, deya ta`kidlagan Tramp. U Eron o`z harakatlarini o`zgartirmas ekan, bu mamlakat rahbariyati bilan uchrashmasligini bildirgan. Tramp boshqa davlatlarni “Erondagi rejimni AQSh bilan birgalikda izolyasiya qilish”ga chaqirgan.






