1

101 o`zbek jangchilarining insonparvarlik g`alabasi...

Jamiyat 27.09.2018, 21:09
Teglar: Foto
101 o`zbek jangchilarining insonparvarlik g`alabasi...

Urush... Qonli janggoh... Ota-ona, opa-singil, sevikli yor, qon-qarindosh, Vatan uchun maydonga kirgan mardlarni er tishlatgan qop-qora so`z. «Urush noming o`chsin jahonda» deb yolvorganlarning akasi, otasi, o`g`li, uning iskanjasidan omon kelmagan. Tishlangan non esa hamon rizqi bu dunyodan uzilgan egasini kutadi... «Oy borib, omon qayt» deb navqiron, to`y ko`rmagan o`g`lini urushning shafqatsiz qo`llariga tutqazgan ona kechayu kunduz bedor...

Bugun O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi binosida tashkillashtirilgan II jahon urushiga bag`ishlangan sahna ko`rinishida xuddi shu manzaralar ham aks etdi. 1941 yil jami 6 million aholisi bor Vatanimizdan 1,5 millionga yaqin hamyurtimiz Vatan tinchligi, yurt tuprog`i uchun jangga otlandi. Afsuski, ularning orasidan ona yurtga qaytib kelganlar soni juda-juda oz edi.

Gollandiya hududidagi Amersfort lagerida qahramonlarcha halok bo`lgan, fashistlar tomonidan ham ruhan, ham jismonan og`ir qiynoqlarga solinsa-da, ularning poyiga mag`rur boshini qo`ymagan, oxirgi nafaslari qolguncha Vatanini sotmagan, och-nahor, eng og`ir ishlarga jalb etilsa-da, ahilligini yo`qotmay, bir-birini suyagan insonparvarlik g`alabasini qozonib, shafqatsizlarcha otib tashlangan 101 nafar o`zbek jangchilari esa bugungi bolalar uchun chinakam ibrat, faxr-iftixor, g`urur baxsh etadi.

Shuning uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 iyuldagi PQ-3880-sonli Qarori ijrosini ta`minlash maqsadida II jahon urushida fashizmga qarshi kurashda ishtirok etgan o`zbekistonliklarning nomini abadiylashtirish, mardona kurashgan ota-bobolarimizning hayoti misolida yosh avlodni tarbiyalashga mo`ljallangan «101» loyihasini amalga oshirish belgilangan edi.

Mazkur «101» loyihasi doirasida O`zbekiston yoshlar ittifoqi va Respublikamizning boshqa davlat tashkilotlari tashabbusi bilan tadqiqotchi janob Remko Reyding boshchiligidagi Niderlandiya delegasiyasi O`zbekistonga tashrif buyurdi.

O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashidagi «Yoshlar press-klubi»da niderlandiyalik delegasiya a`zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv «101» nomli installyasiya bilan boshlandi.

Uchrashuvda tadqiqotchi va jurnalist janob Remko 20 yildan buyon tadqiqot olib borayotgan «101 o`zbek jangchilari» haqida so`zlab berdi:

– Bundan yigirma yilcha oldin, shahar yaqinidagi Sovet qabristoni haqida eshitib qoldim va u erga bordim. Ushbu qabristonga 865 nafar Sovet askari ko`milgan ekan. Meni ajablantirgan holat ular orasida 101 askarning shaxsiyati va ismlari haqida umuman ma`lumot yo`q edi. Uning o`rniga qabrtoshlarga “noma`lum sovet jangchisi“ degan bitik yozilgandi, xolos. Bu holat meni o`ylantirib qo`ydi. O`ylab ko`ring, yurti uchun, tuprog`i uchun urushga ketgan odamni nomsiz-nishonsiz o`tishi adolatdan emas, axir. Shuning uchun ularning nomini tiklash kerak degan vijdon amri meni tinch qo`ymadi. Bir qator arxiv ma`lumotlarini o`rganib, guvohlarni izladim. Menga bu ishda o`sha paytda o`smir bola bo`lsada, fashist tadqiqotchilarining yovuzliklariga guvoh bo`lgan, hozir 91 yoshdagi niderlandiyalik Xenka Brukxauzen o`z xotiralari bilan yordam berdi. Yana bir noyob ma`lumot gollandiyalik kommunist rassom tomonidan qalamda chizilgan ikki surat saqlanib qolgan. Ularning orqasiga – biriga Hotam Qodirov, ikkinchisiga Zoir Muratov deb yozilgan. Boshqa o`zbek jangchilari esa hozirgacha noma`lum. Shuning uchun davlat arxivlaridan o`sha qahramon o`zbeklarning ismini topib, qaysidir ma`noda yurtingizning mardlarini o`z diyoriga qaytarish uchun O`zbekistonga keldik.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 9 may – «Xotira va qadrlash» kuni munosabati bilan so`zlagan nutqida «El-yurtimizning buyuk g`alabaga qo`shgan hissasi badiiy asarlarda hali to`liq ochib berilmagan, deb hisoblayman. Ota-bobolarimizning buyuk qahramonligi haqida yangi asarlar yaratish lozim. Bu borada kitob-albom nashr qilish vaqti keldi. O`ylaymanki, bu adolatli bo`lardi», deb ta`kidlagan edi. Anvar Irgashev va Yuliya Medvedovskayaning «Sto odin» nomli tarixiy romani yurtboshimiz so`zlarining amaliy ifodasi bo`ldi.

Chunki ushbu roman real voqealarga asoslangan bo`lib, Amersfort konslagerida otib yuborilgan 101 o`zbek qahramonlari haqida hikoya qiladi. Tadbirda mazkur tarixiy romanning taqdimoti ham bo`lib o`tdi. Roman O`zbekiston yoshlar ittifoqi hisobidan chop etilib, hozirda o`zbek tilidagi nusxasi ham nashrga tayyorlanmoqda.Eng quvonarlisi, Prezidentimiz tashabbusi bilan ushbu tarixiy roman asosida badiiy film suratga olish bo`yicha qaror qabul qilindi va juda katta mablag` ajratildi. 2020 yilda ushbu film tomoshabinlar e`tiboriga havola etilishi rejalashtirilgan.

Anjumanda 101.uz portali ishga tushirilgani haqida ham ta`kidlab o`tildi.

Tadbir so`ngida ishtirokchilar o`zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Niderlandiya delegasiyasi 4 oktyabrgacha yurtimizda bo`lib, yoshlar ittifoqi ko`magida Toshkent, Samarkand, Buxoro shaharlarida tashrif buyurib davlat arxivlaridan va FXDYolarda uchrashuvlar utkaziladi. Bundan tashkari delegasiya a`zolari yangi tashkil etilgan Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetida va Kinematografiyani rivojlantirish markaziga xam tashrif buyurishi ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Xitoyda ertalabdan o`zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

25.04.2024, 07:33

Xitoyning Xenan provinsiyasidagi chakana savdo tarmog`i asoschisi Yu Donglay xodimlarga ish va hayot muvozanatini yaxshilashga yordam berish uchun “baxtsiz ta`til” kunlarini joriy qildi, deb yozadi...
U nega qamalganini ochiqladi

01.04.2024, 16:31

Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Ortiqxo`jaev 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Darakchi.uz ga xabar berdi.2024 yil 30 mart Toshkent...
Pedagoglarni 3 yil kuttirgan qonun nihoyat imzolandi

21.02.2024, 17:28

Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...
⚡️iPhone 16 ko`rinishi e`lon qilindi

13.02.2024, 09:36

Tvitterda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhonelari haqida yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Insayder xabaridan ma`lum bo`lishicha, kompaniya bir vaqtning o`zida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1