Braziliya prezidenti lavozimi uchun da`vogarlardan biri bo`lgan Jair Bolosanaruga suiqasd uyushtirildi, deb xabar qilmoqda Segodnya.ua nashri.
Natijada esa u og`ir jarohat olib, kasalxonaga olib ketilgan. Salomatligi qayta tiklanishi uchun ancha vaqt ketishi ta`kidlanmoqda. Voqea saylovoldi mitingi chog`ida sodir etilgan. Ma`lumotlarga ko`ra, unga pichoq bilan hujum qilishgan. Hozirda jinoyatchi qo`lga olingani xabar qilinmoqda. Ikki oydan so`ng esa Bolosanaru qayta operasiya qilinadi. Eslatib o`tamiz, Braziliyada umumiy saylovlar joriy yilning oktyabr oyida o`tkaziladi.






