Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`an BMTga a`zo davlatlar rahbarlari ishtirokidagi assambleyasi doirasida bir qator davlat rahbarlari bilan uchrashdi, deb ma`lum qildi Vesti.ru nashri.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Gresiya bosh vaziri Aleksis Sipras, Eron rahbari Hasan Ruhoniy hamda Germaniya kansleri Angela Merkel shular jumlasidandir. Uchrashuvlar chog`ida Toyyib Erdo`g`an Qo`shma Shtatlar butun dunyoni iqtisodiy urushga tortayotganini, Anqara va Berlin boshqa mamlakatlar bilan birga savdo mojarolarining oldini olishi kerakligini ta`kidlagan.






