AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev hindistonlik ishbilarmonlar bilan uchrashdi

'Shavkat Mirziyoev hindistonlik ishbilarmonlar bilan uchrashdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 30 sentyabr kuni Hindistonning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda mamlakatimizda biznes rivojiga g`ov bo`lib turgan to`siqlar olib tashlangani, xorijlik investorlar uchun barcha sharoit yaratilayotgani ta`kidlandi.

Hindistonlik ishbilarmonlar Prezidentimiz rahbarligida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni yuqori baholab, O`zbekistonga investisiya kiritish va qo`shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini qayd etishdi.

    Boshqa yangiliklar