1

Prezident Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Siyosat 01.10.2018, 11:11
Prezident Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vazirini qabul qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 1 oktyabr kuni Nyu-Dehli shahrida o`zi uchun ajratilgan qarorgohda Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sushma Svarajni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbari Svaraj xonim bilan avvalgi uchrashuvni mamnuniyat bilan eslab, ulkan natijalar kutilayotgan ushbu oliy darajadagi tashrifda uning xizmatlari katta ekanini ta`kidladi.

O`zbekiston va Hindistonda o`zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun katta salohiyat borligi, tashrif davomidagi muzokaralar ikki tomonlama munosabatlarni amaliy mazmun bilan boyitishi qayd etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1