UNICEF tomonidan Afrikadagi Ebola kasalligiga qarshi boshlangan kurashni Angliya terma jamoasi sobiq sardori Devid Bekxem boshqaradi. Serra-Leone futbol assosiasiyasi prezidenti Isha Yoxansen buning uchun Bekxemga minnatdorchilik bildirdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
«Biz uchun Bekxemning ishtiroki juda muhim. Serra-Leone uchun futbol katta ahamiyatga ega», — dedi Yoxansen.
Xabar qilinishicha, Bekxem kasallik alomati ko`zga tashlanishi bilanoq shifokorlarga uchrashish zarurligi haqida video orqali murojaat qiladi. Ushbu murojaat butun G`arbiy Afrika bo`ylab translyasiya qilinadi.





