1

O`zbekiston-Hindiston hamkorligining yangi imkoniyatlari muhokama qilindi

Siyosat 01.10.2018, 15:55
O`zbekiston-Hindiston hamkorligining yangi imkoniyatlari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi muzokaralarni keng doirada davom ettirdi. Bu haqda davlat rahbarining veb-saytida xabar berildi.

Hindiston ko`p aholi va ulkan iqtisodiy imkoniyatlarga ega, sanoati rivojlangan mamlakat. Yalpi ichki mahsulot darajasi bo`yicha dunyoda oltinchi o`rinda turadi. Yuqori texnologiyalar, innovasiyalar, dasturlash, sog`liqni saqlash, xizmat ko`rsatish sohalarida ilg`or hisoblanadi. Bu sohalar rivojiga katta e`tibor qaratayotgan mamlakatimiz uchun Hindistonning tajribasi va texnologiyalari muhim. Hindiston uchun ham izchil rivojlanayotgan, investorlarni qo`llab-quvvatlayotgan O`zbekiston istiqbolli hamkor.

Muzokarda savdo, iqtisodiyot, investisiyalar, yuqori texnologiyalar, tibbiyot, farmasevtika, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlikning yangi imkoniyatlari muhokama qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1