1

Prezidentning Hindistonga davlat tashrifi doirasida 20 ta hujjat imzolandi

Siyosat 01.10.2018, 16:03
Prezidentning Hindistonga davlat tashrifi doirasida 20 ta hujjat imzolandi

Nyu-Dehlida o`tgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida imzolangan hujjatlarni o`zaro almashish marosimi bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining Qo`shma bayonoti qabul qilindi.

Tashrif doirasida ilmiy-texnik hamkorlik, qishloq xo`jaligi, turizm, harbiy ta`lim, adliya, sog`liqni saqlash va tibbiyot fani, farmasevtika, kosmosni tinch maqsadlarda tadqiq etish va boshqa sohalarga doir 20 ta hujjat imzolandi.

Shuningdek, Andijon viloyati va Gujarat shtati, Samarqand shahri va Agra shaharlari o`rtasida hamkorlikni yo`lga qo`yish, Erkin farmasevtika zonasini tashkil etish to`g`risida bitimlar imzolandi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o`tkazilgan brifingda Prezident Shavkat Mirziyoev O`zbekiston Hindiston bilan aloqalarga ustuvor ahamiyat qaratishi, amaliy ruhda o`tgan muzokaralar tomonlarning o`zaro hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini tasdiqlaganini ta`kidladi. Ikki mamlakat o`rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga etkazishga kelishib olingani qayd etildi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1