O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovindning taklifiga binoan 30 sentyabr - 1 oktyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo`ldi.
Davlatimiz rahbari Hindiston Prezidenti, Vise-prezidenti, Bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuvlar o`tkazdi. Muzokaralar yakunlari bo`yicha 20 ta salmoqli hujjat imzolandi, istiqbolli yo`nalishlar bo`yicha kelishuvlarga erishildi.
Prezidentimiz tashrif avvalida ishonch bildirganidek, oliy darajadagi samarali muzokaralar O`zbekiston bilan Hindiston o`rtasidagi hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitib, strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqdi.
Shavkat Mirziyoev Hindistonga davlat tashrifini yakunlab, Toshkentga jo`nab ketdi.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma`lum qildi.
02.10.2018 02:08
Prezidentning Hindistonga davlat tashrifi yakunlandi






